Surxondaryoda “Jiguli” va “KamAZ” to‘qnashdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
28 yanvar 2022 6512 1 daqiqa
Surxondaryoda “Jiguli” va “ KamAZ” to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qiziriq tumani "Kunchiqish" mahallasi hududidagi yo‘lda Sh.S. "KamAZ" rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan "VAZ-2106" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Buning oqibatida "VAZ-2106" haydovchisi A.Q. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Oradan bir necha kun o‘tib esa shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025