Surxondaryoda yo‘l belgilaridagi kamchilik sabab 9 yashar bola halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi ntijasida 9 yashar bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB Axborot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilning 2 noyabr kuni, soat taxminan 12:20 atrofida Sariosiyo tumanida 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia avtomashinasini Sharg‘un-Sariosiyo yo‘nalishida boshqarib kelib, yo‘ldan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgan. Bolakay ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Voqea sababi o‘rganilganda haydovchining aholi zich yashashini hisobga olmay, o‘rnatilgan yo‘l belgilariga to‘la amal qilmaganligi hodisaga sabab bo‘lgani aniqlangan. Bundan tashqari piyodalar o‘tish joyi talabga javob bermagan. 

“Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va sun’iy noteksliklar yaratilmoqda. Kamchiliklarga ega yo‘l belgilarini qayta tiklanmoqda”, deyiladi xabarda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing