Surxondaryoda yuk mashinasi va ikkita Nexia to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sement tashuvchi yuk mashinasi va ikki Nexia o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 19 iyul kuni taxminan soat 16:00 larda M-39 avtomobil yo‘lining 337-kilometrida sodir bo‘lgan. Sherobod–Boysun yo‘nalishida yo‘lovchi tashuvchi Nexia haydovchisi uxlab qolishi natijasida o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan sement tashuvchi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Zarbdan so‘ng boshqaruvni yo‘qotgan Nexia orqasidan boshqa bir Nexia kelib to‘qnashgan.

YTH oqibatda yuk mashinasiga urilgan Nexia’da yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan shaxs vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing