Surxondaryoda YTH: yo‘lda uxlab qolgan haydovchi farzandidan ayrildi
3-sahifa
−
02 Sentabr 2021 10478 1 daqiqa
Kecha, 1 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Damas avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l-patrul xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat taxminan 18:30 da tuman hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1352-kilometrida sodir bo‘lgan.
YTHga Damas mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolishi sabab bo‘lgan.
Oqibatda mashina salonida bo‘lgan haydovchining farzandi olgan tan jarohati tufayli Boysun tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Live
Barchasi