Surxondaryoda YPX xodimini kaltaklagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
19 aprel 2022
8760Surxondaryoda Yo‘l-patrul xizmati xodimini urib, unga tan jarohati yetkazgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishining tergovi davomida uga nisbatan sud ajrimi bilan “qamoq”qa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 aprel kuni soat tahminan 17:30 da viloyat YPX katta inspektori katta serjant A.Kamolov tasdiqlangan joylashuv taqsimotiga asosan Termiz shahar hududida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan bo‘lgan. Shu payt Termiz shahar Bo‘ston mahallasi Ibn-Sino ko‘chasidan Temir yo‘l bekati tomonga harakatlanib ketayotgan Nexia-3 avtomobili haydovchisi A.J. harakat davomida xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan kelayotgani uchun u to‘xtash ishorasi berib, ulovni to‘xtatgan va o‘zini tanishtirgan. So‘ng qonunda belgilangan tartibda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan.
Fuqaro A.J. hujjatlarni taqdim etmasdan turli xil vajlar keltirib, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, hujjatlarni taqdim etmagani uchun YPX katta inspektori A.Kamolov A.J.ga tegishli avtomobilni jarima maydonchasiga olib ketmoqchi bo‘lgan. U o‘z xizmat vazifasini bajarishi davomida, fuqaro A.J. javobgarlikdan qutilish maqsadida YPX inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, uning xizmat vazifasini bajarishga qarshilik qilgan va YPX katta inspektori Kamolovning bosh, peshona hamda yuz sohasiga urib “yengil” tan jarohati yetkazgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga ko‘ra, 12 aprel kuni A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishining tergovi davomida A.J.ga nisbatan sud ajrimi bilan “qamoq”qa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi