Surxondaryoda yosh yigit o‘g‘irlangan mashinani qarzi o‘rniga berib yuborgan

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida 28 yoshli fuqaro qarovsiz qoldirilgan Nexia1 avtomobilini ichidi kaliti borligidan foydalanib ochgan va o‘g‘irlab ketgan. Bu haqida “Markaziy studiya” informatsion dasturi xabar beradi. 

Joriy yilning 23 oktyabr sanasida fuqaro Sh.K. Denov tumani Surxondiyor MFY hududida avtomashinasini ichkaridagi kaliti bilan qoldiradi. Bunga guvoh bo‘lgan 28 yoshli yigit avtomashina eshiklarini ochishga ikki daqiqa sarflaydi va uni olib qochgan.

Mashina egasining gaplariga qaraganda, u avtoulovni qoldirib o‘zi ko‘prik orqali bozorga kirib ketdim. Bir soatlardan so‘ng avtomobil joyida yo‘q bo‘lgan. 

Gumonlanuvchi yo‘l-yo‘lakay mashina davlat raqamini yulib olib, bo‘laklarga bo‘lib, kanalga tashlab yuborgan. Uyiga kelgach esa avtomobilni tanishiga olgan qarzi o‘rniga berib yuborgan. Tanishi esa bu mashinani sotish paytida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. 

Bu jinoyat 4 kun ichida Surxondaryo viloyat IIBB Denov tumani IIB tomonidan fosh etildi.

Jinoyatni sodir etgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 227-modda 1-qismi hamda shu moddaning 2-qismi “a” bandi, shuningdek 267-modda 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing