Surxondaryoda velosiped haydovchisi YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
04 iyun 2020
5054Joriy yilning 3 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida velosiped haydovchisining o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kuni soat 13:50 da, tumanning “Egarchi” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1504 kilometrida, shu mahallada yashovchi M.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini hujjatlarsiz “Denov-Sho‘rchi” yo‘nalishida boshqarib kelib, yo‘lni o‘ng chetki qismida velosipedda harakatlanib ketayotgan, tumanning “Oqtumshuq” mahallasida yashagan X.G.ni turtib yuborgan.
Natijada X.G. “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi