Surxondaryoda o‘zaro janjal qotillik bilan tugadi
Jamiyat
−
18 iyun 2020
11249Joriy yilning 16 iyun kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘zaro janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kuni taxminan soat 16:30 larda, tumanning “Qushtepa” mahallasida yashovchi K.J. uyida, tumanning “Boymoqli” mahallasida yashovchi Y.A. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Shu vaqtda K.J. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan Y.A.ning o‘ng oyog‘ining son qismiga bir marotaba sanchishi oqibatida, o‘ng son o‘rta uchligi oldi yuzasidan sanchib kesilgan jarohati, son arteriyasini uzilishi, o‘tkir tashqi qon ketishi kabi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 16 iyun kuni K.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi