Surxondaryoda o‘ldirib ketilgan ona va qizning qotili Rossiyada ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryoda 57 yoshli ona va uning 29 yoshli qizi o‘lik holda topildi. Ona va qizni o‘ldirilishida gumonlangan shaxs esa Rossiyada ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 18:30 larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Yakkabog‘” mahallasidagi xonadonlardan birida 1965 yil tug‘ilgan X.X. va uning Sariosiyo tumani “Zag‘nabod” qishlog‘ida doimiy ro‘yxatda turuvchi 1992 yil tug‘ilgan qizi M.Z.ning jasadi topilgan.

X.X.ning bo‘yin sohasida o‘tkir tig‘li jism bilan yetkazilgan tan jarohatlari, M.Z. esa yuqori nafas yo‘llari va bo‘yin a’zolarida o‘tkir tig‘li jism yordamida yetkazilgan tan jarohatlari aniqlangan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonida JKning 97-moddasi 2-qismi “a, j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan, mazkur qotillik jinoyatini sodir etishda gumonlangan Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 yilda tug‘ilgan N.S.ga nisbatan mahalliy va xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Tojikiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bilan hamkorligida amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida gumondor N.S., javobgarlikdan qutilish maqsadida Surxondaryo viloyatidan Tojikistonga o‘tib, u yerdan Rossiyaga ketganligi aniqlangan.

Gumondor shaxs Moskva viloyatining Domodedovo aeroportida qo‘lga olingan. Hozirda gumondorni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

879

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing