Surxondaryoda TTB feldsheri chaqiruvga piyoda bordi
Jamiyat
−
18 fevral 2022
8627Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tuman tez tibbiy yordam bo‘limi Chaqar mahallasi shoxobchasi feldsheri chaqiruv manziliga piyoda borib, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi muunosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida joriy yilning 13 fevral kuni soat 20:06 da tuman tez tibbiy yordam bo‘limi Chaqar mahallasi shoxobchasiga shu hududda yashovchi 76 yoshli fuqaro Q.M. tomonidan chaqiruv kelib tushgan.
Aniqlanishicha, chaqiruv kelib tushgan vaqtda “103” xizmatiga biriktirilgan Damas rusumli avtomobil vaqtinchalik texnik ko‘rikka yuborilgan bo‘lgan. Shu sabab feldsher shoxobchadan 70 metr uzoqlikda yashovchi fuqaro xonadoniga piyoda borgan.
Shuningdek, texnik nosoz bo‘lgan avtomobil o‘rniga qisqa vaqt ichida texnik soz holatdagi boshqa Damas rusumli tez tibbiy yordam avtoulovi Chaqar mahallasi shoxobchasiga biriktirib berilgan.
LiveBarchasi