Surxondaryoda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
17 fevral 2022
8324Surxondaryoda jihodga chorlash targ‘iboti bilan shug‘ullangan va Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, DEO/XTT emissarlari ta’siriga tushib, Suriyadagi jangarilar lageriga borishni rejalashtirgan Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi R.I. Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
Tadbir davomida unga tegishli bo‘lgan telefon apparatidagi Telegram messenjeridagi akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Rashod Qori kabi “jihodchilar” DEO g‘oyalarini targ‘ibotchilari bilan aloqalari aniqlangan.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston Islom harakati xalqaro terroristik tashkilotiga tegishli “Jundulloh” media markazining “Amjad media” nashidalari, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti rahnomasi Abu Salohning jihodga chorlovchi ma’ruzalarini yaqin tanishlariga tarqatib kelayotgani, videotasvir orqali pretsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi