Surxondaryoda spirtli ichimliklar do‘koni yonib ketdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida alkogol mahsulotlari sotiladigan do‘konda yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea bugun, 20 iyun kuni Uzun tumani “Yangishahar” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. Soat 06:26 da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:31 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 06:33 da o‘rab olingan va soat 06:47 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida do‘konning 12 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan.

Hech kim tan jarohati olmagani va halok bo‘lmagani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing