Surxondaryoda Spark va tez yordam mashinasi to‘qnashdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
29 yanvar 2023 10478 1 daqiqa
Surxondaryoda Spark va tez yordam mashinasi to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bo‘limi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 28 yanvar kuni soat 04:10 larda viloyatning Angor tumanida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Spark haydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzgan holatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ri harakatlanib kelayotgan tez yordam mashinasi bilan to‘qnashadi.

Oqibatda Spark’ning 22 yoshli haydovchisi voqea joyida olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan. Uning tengdoshi bo‘lgan yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvarida Surxondaryoda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda haydovchi vafot etgan edi.
Live
Barchasi