Surxondaryoda sobiq ayoli va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak 20 yilga qamaldi 

3-sahifa

image

Surxondaryoda 38 yoshli erkak sobiq turmush o‘rtog‘i va qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda  "Zamon" informatsion dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 aprel kuni sariosiyolik 38 yoshli erkak Sho‘rchi tumanida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘ining yashash xonadoniga boradi va uxlab yotgan joyida uning bo‘yin a’zolari, ko‘krak oldi va orqa sohalariga pichoq sanchgan.

Qotillik harakatini davom ettirgan sobiq er, boshqa xonada uxlab yotgan qaynonasini ham bo‘g‘ib, bo‘yniga pichoq tortgan. 

Qotillikni yashirish uchun Rossiyaga qochib ketgan erkak Domodedovo aeroportida Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari JIB Sho‘rchi tuman sudida ko‘rib chiqilgan.

Unga ko‘ra, qotillikni sodir etgan shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "a", "v", "j" bandlari bilan 20 yil muddatga ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing