Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki kishining jasadi topildi

3-sahifa

image

Kecha, 10 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ikki kishini sel oqizib ketgani va qidirilayotgani haqida xabar bergan edik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun, 11 may kuni ularning jasadi topilgan.

Qayd etilishicha, selda oqib ketgan avtomobil va bir nafar fuqaroning jasadi To‘palang daryosi o‘zanidan topilgan.

Keyinroq, birichi fuqaro jasadi topilgan joydan taxminan 5 km quyidan ikkinchi fuqaroning ham  jasadi topilgan.

“Ayni vaqtda To‘palang daryosi o‘zanidan ikkinchi fuqaroning jasadi olib chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan  sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha soat taxminan 16:00 da Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY Zoxona qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida chorva mollarni boqib yurgan Uzun tuman Xursan mahallasida yashovchi fuqaro va uning chorva mollarini, shuningdek ushbu hududda o‘zining Nexia avtomobilida bo‘lgan Uzun tumani Istiqlol mahallasida yashovchi ikki fuqaroni sel oqimlari oqizib ketgan. 

Yuz bergan tabiiy ofatdan chorva mollarni boqib yurgan fuqaro qutilib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing