Surxondaryoda restoran egasiga to‘pponcha bilan tahdid qilgan fuqaro ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida restoran egasiga to‘pponcha bilan tahdid qilgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sariosiyo tumanida yashovchi K.Sh., B.F., M.M. va U.M. joriy yilning 5 avgust kuni soat 23:30 larda Uzun tumanida joylashgan restoranga borgan. K.Sh. restoran egasi A.Q. bilan o‘zaro tortishib, o‘zi bilan olib yurgan o‘qotar quroli, ya’ni “Makarov” to‘pponchasiga o‘xshash pnevmatik qurolini qo‘llash bilan tahdid qilib, ushbu quroldan bir necha marotaba osmonga qaratib o‘q uzgan. Shu orqali u bezorilik jinoyatini qasddan sodir etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari davomida 1 dona pnevmatik qurol aniqlanib, kelgusida tekshirib ko‘rish va jinoyat ishiga dalil sifatida qo‘shish uchun xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. 

Uzun tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 6 avgust kuni fuqaro K.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shu kunning o‘zida gumon qilinuvchi K.Sh. ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Xabarga ko‘ra, hozirgi kunda Uzun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing