Surxondaryoda noqonuniy yer sotayotgan tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Qorayontoq” mahallasi hududidan 4,5 sotix yer maydonini o‘z jiyanining nomiga “Yoshlar mehnat guzari” qurilishi uchun auksion savdolari o‘tkazmasdan ajratilishiga erishgan.

Mazkur yer maydoniga “Yoshlar mehnat guzari” qurmasdan, aksincha, uni boshqa bir fuqaroga 180 million so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni qarindoshlari orqali olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasining 4-qism “a” bandi (firibgarlik) ga binoan, bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing