Surxondaryoda mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Surxondaryoda yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 29 iyun kuni Termiz tumani Navro‘z mahallasida yashovchi 36 yoshli K.H. Cobalt avtomobilida “Termiz-Angor” M-39 yo‘lining 1448-kmda haydab ketayotib yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Natijada Termiz shaharida yashagan 58 yoshli A.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia avtomashinasi haydovchisi, A.A va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan ukasi, 50 yoshli B.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Cobalt avtomashinasi haydovchisi K.H jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Xolat yuzasidan dastlabki tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made