Surxondaryoda miloddan avvalgi asrlarga oid yodgorlik buzib tashlandi
3-sahifa
−
23 may
6579Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi miloddan avvalgi III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3500 metr kub maydoni buzib tashlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yodgorlik “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilgani oqibatida unga 208,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorligining 585 metr kub maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
“Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz,oldinroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid yodgorlik molxona qurish uchun buzib yuborilgani aniqlangandi. Toshkent shahrida esa XVI asrga oid arxitektura yodgorligi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilgani aniqlangandi.
LiveBarchasi