Surxondaryoda mashinalarni o‘g‘irlab kelgan jinoiy guruh qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 25 mart kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Matiz olib qochgan yigitlar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, noma’lum shaxs “Do‘stlik” mahallasi hududida 37 yoshli X.G‘.ga tegishli Matiz’ni noma’lum tomonga olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida mazkur avtomashina noma’lum shaxs tomonidan Termiz tumani “Jo‘yjangal” mahallasida tashlab ketilgani, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 200 000 so‘m pul va videoregistratorda joylashgan fleshkarta yo‘qolgani aniqlangan.

Keltirilishicha, mazkur jinoyatni 18 yoshli J.B. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan mahalladoshi, voyaga yetmagan 15 yoshli M.I. bilan birgalikda jinoiy reja tuzib, sodir qilgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan avtomashina videoregistratorining fleshkartasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan yigitlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismining “b”, “g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davomida qonunbuzarlar avvallari ham boshqa avtomashinalar qulflarini buzib kelgani, mashinada bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni va pullarni o‘g‘irlagani, mazkur avtomashinani esa o‘zlari aylanish uchun olib qochganini aytgan.

“Hozirda ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda”, deyiladi Tergov departamenti bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo jinoiy guruh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing