Surxondaryoda maktab “zamdirektori” o‘quvchilarning 207,7 mln so‘mini o‘zlashtirdi
3-sahifa
−
05 may 2022
7626Surxondaryoda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchilarning ota-onalari to‘lagan 207,7 million so‘m badal pulini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departament o‘tkazgan tekshiruv davomida tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilarning ota-onalari to‘lagan 207,7 million so‘m badal pullarini bank muassasasiga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shundan so‘ng, direktor o‘rinbosar tomonidan yetkazilgan zararning 115 million so‘mi undirilishi ta’minlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi