Surxondaryoda lojuvard zargarlik toshlarini qayta ishlash korxonasi ochiladi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida afg‘onistonlik investorlar bilan hamkorlikda zargarlik toshlarini qayta ishlash korxonasi ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 12 noyabr kuni imzolangan “Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi. 

Qarorga muvofiq O‘zbekiston va Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida zargarlik yo‘nalishidagi hamkorlik rivojlantiriladi. 

Joriy yilning noyabr oyida Afg‘onistonning Badaxshon hududidagi lojuvard qimmatbaho zargarlik toshlarini qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi. 

2021 yilning yanvaridan Termiz shahrida afg‘onistonlik investorlar bilan hamkorlikda lojuvard qimmatbaho zargarlik toshlarini qayta ishlash bo‘yicha korxona tashkil etiladi. 

Korxona 2021 yilning iyunidan ishlab chiqarish faoliyatini va Afg‘oniston hamda uchinchi mamlakatlarga mahsulotlar eksportini boshlaydi. 

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuklangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing