Surxondaryoda kuchli sel 340 ta xonadonga zarar yetkazdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijon va Namangan viloyatlari qatorida kuchli sel Surxondaryo viloyatidagi mahallalarga ham zarar yetkazdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari Sherobod tumanidagi “Qorabog‘” QFY va “Uchyog‘och”, “Guliston”, “G‘o‘rjak-2” MFYdagi 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumani “Azlarsoy”, “Bog‘aro” va “Elobod” MFYdagi 340 ta aholi xonadoni va tomorqasiga kirgan.

Hozirda mahalliy hokimliklar hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Transport, Energetika vazirliklarining kuch va vositalarini jalb qilgan holda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing