Surxondaryoda XTB xodimi maktab direktoridan pora olayotganda ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Xalq ta’limi bo‘limi xodimi maktab direktoridan 500 AQSH dollari miqdoridagi pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 avgust kuni DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qiziriq tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.

Unda Qiziriq tuman XTB ekspluatatsiya bo‘limi xodimi H.A. tumandagi 1-son umumta’lim maktabining faoliyatiga aralashmaslik va tekshirmaslik vaji bilan maktab direktoridan 500 AQSH dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda H.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

320

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing