Surxondaryoda kelin qaynog‘asi tomonidan tepib kaltaklandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida qaynog‘a uy talashib kelini urib, tepkilagani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, Denov tumani “I.To‘rayev” SIU Buyuk ipak yo‘li mahallasida yashovchi Q.S. joriy yilning 22 aprel kuni viloyat IIB raqamiga qo‘shnisi X.G.ga urib tan jarohati yetkazgani haqida murojaati va tuman markaziy kasalxonasining 25 apreldagi xabarnomasi navbatchilik qismida qayd etilib, bo‘lgan holat yuzasidan surishtiruv harakatlari tuman IIO FMB 2-son Ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish to‘g‘risida qaror berilgan. Fuqaroning olgan tan jarohati “yengil tan jarohati” toifasiga kiradi, deb xulosa chiqarilgan.

Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani sababli yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing