Surxondaryoda qalbaki dollarlarni pullagan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Surxondaryoda qalbaki 10 ming dollarni noqonuniy ravishda muomalaga kiritgan fuqaro jinoyat joyida ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar beradi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.G. bir AQSH dollarini 10 400 so‘mdan hisoblab, jami 10 ming dollarni 104 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan fuqaro A.G ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi (ko‘p miqdorda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing