Surxondaryoda ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari imliy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisi M.A. va boshqalar 123,5 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni asossiz tayinlash orqali hamda stansiya balansida bo‘lgan 129,9 mln so‘mlik transport vositalarini soxta hujjatlar tayyorlash va boshqa yo‘llar bilan o‘zlashtirib, jami 264,4 mln so‘m byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing