Surxondaryoda ikki kishini sel oqizib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 10 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ikki kishini sel oqizib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat taxminan 16:00 da Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY Zoxona qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida chorva mollarni boqib yurgan Uzun tuman Xursan mahallasida yashovchi fuqaro va uning chorva mollarini, shuningdek ushbu hududda o‘zining Nexia avtomobilida bo‘lgan Uzun tumani Istiqlol mahallasida yashovchi ikki fuqaroni sel oqimlari oqizib ketgan. 

Yuz bergan tabiiy ofatdan chorva mollarni boqib yurgan fuqaro qutilib qolgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruvchilar, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar, Prokuratura va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Shuningdek, 70 nafar mahalliy  aholi bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv hamda sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing