Surxondaryoda ikki kishi mudhish YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
27 mart 2020 9291 1 daqiqa
Kecha, 26 mart kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH soat 14:00 larda Termiz tumanining “Ayritom” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-99 “Manguzar-Xonrabod-Shartuz” avtomobil yo‘lining 14-15 km oralig‘ida sodir bo‘lgan. 1970 y.t. haydovchi X.B. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketib, 1996 y.t. haydovchi M.B. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi X.B. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Matiz rusumli transport vositasi yo‘lovchisi - 1975 y.t. O‘.A. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yetmasdan vafot etgan.
Shuningdek, Matiz rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1973 y.t. F.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025