Surxondaryoda IIB xodimlari fuqaroni do‘pposladi. U vafot etgan

3-sahifa

image

Bugun, 29 iyul kuni qator internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumani Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 10 iyulida Surxondaryo viloyati Denov tumani Oqtom maxallasida yashovchi fuqaro Yunus Xushmatov tuman ichki ishlar bo‘limiga akasi Hasan Xushmatov mast holda yashash uyida janjal qilib, tinchligini buzayotgani haqida xabar bergan.

Shunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi H.Xushmatovning xonadoniga kelgan va uni avtomobilga o‘tkazib, tuman IIBga olib ketgan. Yo‘lda profilaktika inspektorining yordamchilari H.Xushmatovni bir necha bor urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xushmatov joriy yilning 11 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104 (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 206-moddalari (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

803

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made