Surxondaryoda fermer xo‘jalik rahbarlari o‘rtasida janjal yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh fermer xo‘jaliklari rahbarlari  va “Surxon Cotton Textile Cluster” MCHJ xodimlari bilan o‘zaro kelishmovchiliklar aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Joriy yilning 18 noyabr kuni Qiziriq tumanida “Surxon Cotton Textile Cluster” MCHJ hamda “P.Turopov”,shuningdek, yana boshqa 13 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan.

Qayd etilishicha, mazkur kelishmovchiliklar janjalga aylanib, voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor tagiga tashlash, bir-biriga hamda o‘zgalarning transport vositalariga shikast yetkazish kabi harakatlarni sodir etgan.

Chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan hududiy ichki ishlar organlari xodimlari jamoat tartibini tiklab, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan. 

Vazirlikka ko‘ra, voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli nomaqbul fikrlarga barham berish uchun eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlari xodimlari tadbirkorlarning yoki fermerlarning ish faoliyatiga aralashish huquqlari yo‘q. Lekin maqsadidan qat’iy nazar jamoat tartibini buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi IIV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

461

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing