Surxondaryoda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida farzandini 10 million so‘mga majburlab sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning aprel oyidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining yig‘ilishida Jarqo‘rg‘onda yashovchi 28 yoshli F.N., qiz farzandini Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 35 yoshli Yu.T.,ga qonuniy, sud orqali farzandlikka berishga rozi bo‘lib, tug‘ruq davomida ketgan dori-darmon va boshqa sarf-xarajatlariga deb 1 700 000 so‘m pullarni olgan. Ammo Yu.T.ga farzandilikka berish uchun barcha hujjatlarni to‘plab sud zaliga borganda F.N. fikridan qaytib, farzandini bermasligini bildirgan.

Oradan bir necha kun o‘tib, F.N. telefon orqali va bir necha marotaba Yu.T.ning uyiga kelib, qiz chaqalog‘ini sotish uchun Yu.T.dan 10 000 000 so‘m miqdordagi pul mablag‘ini talab qilgan. Shunda Yu.T. IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur ariza asosida IIB xodimlari tomonidan fuqaro 2020 yilning 3 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tuman “Oqsoy” mahallasi hududida joylashgan “Yoshlar xiyoboni” hovlisida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, F.N. qiz chaqalog‘i uchun  Yu.T.dan talab qilgan 10 000 000 so‘m miqdorida pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo odam savdosi

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing