Surxondaryoda bolani kaltaklagan bog‘cha tarbiyachisi ustidan tergov boshlandi
3-sahifa
−
15 avgust
4390Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi ayol 5 yoshli bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgani, yig‘layotgan tarbiyalanuvchilardan biriga baqirib, go‘yoki tinchlantirish uchun qo‘lidagi narsa bilan kaltaklagani haqida xabar berilgandi.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tarbiyachi A.G. mashg‘ulot davomida 2019 yilda tug‘ilgan M.I. ismli o‘g‘il bolani beodoblik qilgani uchun go‘yoki uni tarbiyalash maqsadida qo‘lidagi chizg‘ich bilan urgan.
Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda mustaqillik haqidagi she’rni yodlatmoqchi bo‘lgan xodim yig‘layotgan tarbiyalanuvchiga baqirib, go‘yoki tinchlantirish uchun qo‘lidagi narsa bilan kaltaklagani ko‘rinadi. Shuningdek, ayolning bolalarga qarata “Eshaksan, bola ham shunaqa bo‘ladimi?”, “O‘chir, ovozing chiqmasin, hozir derazadan otib yuboraman, qo‘ling tizzangda tursin!!!”, degan buyrug‘i va asabiy ohangdagi ovozi ham eshitilgan.
Oxirgi paytlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning bog‘cha tarbiyachilari tomonidan kaltaklanishi ko‘p bora sodir bo‘lmoqda.
Jumladan, joriy yilning may oyida Andijonda bog‘cha opa avval ikki bolani urishtirib, keyin o‘zi ham kaltaklagandi. Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bog‘cha opa yosh bolalarni kaltaklagandi va bog‘cha tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandi. Shuningdek, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada faoliyat yurituvchi tarbiyachi ham bog‘cha bolalarini ketma-ket yoniga chaqirib, shafqatsizlarcha yuziga va tana qismiga shippak bilan urgani uchun ishdan olindi.
LiveBarchasi