Surxondaryoda aholiga issiqxona qurish uchun ajratilgan mablag‘ talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida fuqarolarga issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati fosh etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.T. AT “Xalq bank” Boysun filiali bo‘limi bosh mutaxassisi A.I. bilan oldindan til biriktirib, hududdagi 6 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 180 mln kreditni “B.” va “J.” MCHJ hisob raqamlariga o‘tkazib, fuqarolarga issiqxona qurib bermasdan bank kredit mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.T. va A.I. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing