Surxondaryoda 60 yoshli otaxon YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Termiz shahri “Farhod” mahallasida sodir bo‘lgan YTH natijasida 60 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 noyabr kuni taxminan soat 12:30 da 1960 yilda tug‘ilgan fuqaroni Cobalt rusumli avtomashina urib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohati natijasida shifoxonada vafot etgan. 

“Piyodani 10-15 metr uzoqlikdan ko‘rdim. U harakatlanmasdan yo‘l chetida turgandi. Chamasi, 5 metr qolganda oldimga yugurib chiqdi. Mashinani boshqa tomonga burishga harakat qilsam-da u avtomobil yon tomoniga urildi”, deydi haydovchi.

Tekshiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa sodir bo‘lgan ko‘chada qurilish ishlari olib borilayotgani sabab mashinalar faqat bir tomonlama harkatlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harkatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing