Surxondaryoda 51 tup daraxt kesib tashlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketilgan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonunbuzarlik holati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas’ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor reyd natijasida aniqlangan.

“Reyd tadbirlari davomida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi Machay o‘rmon bo‘limi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas’uliyatni suiste’mol qilishi natijasida Machay o‘rmon bo‘limining 5-aylanma 17-kvartalining “Yetimtol” va “Almali” massivlarida mavjud bo‘lgan “Zarafshon ” archa, “Shumtol”, “Uchqad” , “Zarang” jami 51 ta  daraxt  noqonuniy tag qismi bilan  kesib tashlangan”, deyiladi xabarda.

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi talablari buzilib,  560 550 000 (besh yuz oltmish million besh yuz ellik ming) so‘m  miqdordagi  o‘simlik dunyosiga zarar  yetkazilgan. 

Ta’kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan  to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing