Surxondaryoda 4 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi
3-sahifa
−
30 iyun 2021
3114Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi umumiy o‘rta-ta’lim maktabi o‘qituvchisi Sh.D. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini 4 ming AQSH dollari evaziga Toshkent shahridagi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. O‘qituvchi 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi