Surxondaryoda 20 yoshli qizga majburan uylanmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 20 yoshli qizga majburan uylanmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Surxondaryo viloyati Denov tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga 20 yoshli S.X. (ayol) ariza bilan murojaat qilgan. Unda ta’kidlanishicha, joriy yilning 4 mart kuni soat 10:30 larda Denov tumani “O‘rikzor” MFY hududida tanishi 28 yoshli A.R. o‘ziga tegishli Spark avtomobilida uning oldiga kelib to‘xtab, ikki noma’lum shaxs bilan unga nisbatan kuch ishlatib, majburlab avtomobiliga o‘tirgizgan. Ikki nafar sherigi avtomobildan yo‘lda tushib qolganidan so‘ng, “menga erga tegsang, uyinga olib borib qo‘yaman” deb shart qo‘yib, olib qochib ketgan. Qiz A.R. dan qochib ketish maqsadida, unga turmushga chiqishga rozilik berib, ota-onasini ham rozi qilishga va’da berib uning qo‘lidan qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida, A.R. S.X. ning erga tegib ketmasligi uchun olib qochganini, uning sheriklari 25 yoshli Z.S. hamda 18 yoshli A.E. ekani aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1747

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing