Surxondaryoda 18 yoshli Lacetti haydovchisi daraxtga urilib, halok bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyatida yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Oqibatda haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 17 dekabr kuni soat 00:40 da Uzun tumani “Qorashiq” mahallasi yo‘lida harakatlangan 18 yoshli Lacetti haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urilib, YTH sodir etgan. Bunga haydovchi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mashinada haydovchi bilan birga bir nafar yo‘lovchi ham bo‘lgan. Hodisa oqibatida haydovchi vafot etgan, yo‘lovchi esa shifoxonaga olib ketilgan.

“Bizdan oq Lacetti katta tezlikda o‘tib ketdi. Keyin siltanib, ag‘darilib ketdi. Qolganini ko‘rib bo‘lmadi. U yerga yugurib borib, bolalarni mashinadan chiqarib oldik. Birinchi bolani ahvoli yaxshi edi, ko‘zi ochiq edi. Shifoxonaga olib ketayotgan vaqtimizda shifokor yana bir tekshirganida joni uzilgan ekan”, deydi guvohlardan biri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made