Surxondaryoda 18 yoshli qaynuka pochchasi va uning ikki qarindoshini pichoqladi
3-sahifa
−
23 fevral 2021
23908Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 18 yoshli qaynuka opasining sobiq turmush o‘rtog‘i hamda uning akasi va qarindoshini pichoqladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 10 fevral kuni soat 14:30 larda Sariosiyo tumani “Nurobod” mahallasida yashovchi 29 yoshli R. M. ning oldiga sobiq turmush o‘rtog‘i 29 yoshli M.M. ning ukasi 18 yoshli O.T. va tanishi 17 yoshli M.R. lar opasiga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatini olib qo‘yganligining sababini bilish maqsadida kelgan. O‘sha paytda ularning yonidagi yog‘och tayoq (bita)ni R.M. ko‘rib qolib, akasi 37 yoshli F.M. hamda qarindoshi 31 yoshli M.H. lar bilan birgalikda qo‘llaridagi tayoqlari bilan O.T. va tanishi M.R. larga tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, O.T. doimiy ravishda yonida olib yuradigan chopqi pichog‘i bilan F.M. ning ko‘krak o‘ng old sohasi, R.M. ning chap kurak pastki qirg‘og‘iga va M.H. ning o‘ng pastki qovoq sohasiga jarohat yetkazgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, R.M. turmush o‘rtog‘i M.M. bilan norasmiy ajrashganidan so‘ng, M.M. turmush o‘rtog‘ini rashq qilib, u ishlaydigan dorixonaga borib janjal qilib, dorixonaning oynasini qattiq jism bilan urib sindirgani sababli, R.M. dorixonaga yetkazilgan zararni qoplab bersagina uyali telefon apparatini qaytarib berish sharti bilan olib qo‘ygani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda R.M., M.H., F.M., lar olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan va ularga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, jinoyat ishi doirasida yog‘och tayoq (bita) va chopqi pichoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Janjalning boshqa ishtirokchilarining xatti-harakatlariga ham huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi