Surxondaryoda 11 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
25 may 2020
4687Joriy yilning 23 may kuni soat 13:00 larda, Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy avtomobil yo‘lida 11 yoshli bolaning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodiasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
1992 yilda tug‘ilgan haydovchi S.X. Nexia-3 rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, voyaga yetmagan, 2009 y.t. S.T.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda 11 yoshli S.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Sho‘rchi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.