Surxondaryoda haydovchiga “yalingan” YPX xodimi ishdan haydaldi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021
497682020 yilning 18 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda video lavha tarqalgan. Unda Surxondaryo viloyatida YPX xodimi haydovchi o‘z mashinasini yo‘l chetiga to‘sib to‘xtatgani uchun ma’muriy bayonnoma tuzgani va 6 mln so‘mga yaqin jarima to‘latgani aksetgan. Haydovchi esa mazkur holat yuzasidan sudga arz qilishini aytgan. YPX xodimi haydovchidan uzr so‘rab, tushunmovchilik bo‘lganini va o‘zining qilmishini tan olib, ushbu ishni o‘zaro kelishib hal etishni taklif qilgan.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabar berishicha, xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi hamda IIVning me’yoriy buyrug‘i talablarini buzgani uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimi B.Izbasarov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
LiveBarchasi