Surxondaryoda hamshiralar o‘rtasida janjal chiqdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shifoxonada hamshira farzandi oldida kaltaklangani haqida video tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Denov tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo‘limi hamshirasi S.T. o‘rtasida shaxsiy adovat sabab, joriy yil 18 oktyabr kuni ertalab soat 10:00 lar atrofida janjal yuzaga kelgan. Ushbu holatga S.T.ning  yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasi D.I.ga tan jarohati yetkazgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda tibbiyot xodimlarining odob-ahloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirilgan.

Shuningdek, kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratiga olingan.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

923

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing