Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Alisher Bo‘riyevich Xidirov Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

U 1982 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – qurilish muhandisi, buxgalteriya hisobi va audit.

Alisher Xidirov mehnat faoliyati davomida “Temiryo‘lloyiha” OAJ instituti texnigi, muhandisi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kapital qurilish direksiyasi qurilish bo‘yicha muhandis-texnologi, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” sho‘’ba korxonasi hisobchisi, qurilish bo‘limi muhandis-texnologi, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ qurilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Alisher Xidirov 2015 yildan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi “KASABA QURILISH TA`MIR” sho‘’ba korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryotayinlov

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar