Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Ilhom Ochilovich Saparov Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, u 1975 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2002 yil Termiz davlat universitetining bakalavr, 2011 yil magistr yo‘nalishlarini tugatgan. Mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi.

Ilhom Saparov mehnat faoliyati davomida Termiz pegagogika kolleji jismoniy tarbiya va biologiya fani o‘qituvchisi, bo‘lim mudiri, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Termiz bank kolleji direktori, Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifalarida ishlagan.

2017 yildan Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021 yillarda Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing