Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning qarori bilan Jo‘rabek Abdullayevich To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Jo‘rabek To‘rayev 1984 yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2009 yil Termiz davlat universitetini, 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi (tarmoqlar bo‘yicha).

U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi bandlik, aholi turmush darajasi va iste’mol bozori bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi sanoat, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati hokimligining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha majmuasi referenti, Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining birinchi toifali mutaxassisi, Surxondaryo viloyati hokimining yordamchisi, Surxondaryo viloyati hokimligi ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi – qabulxona mudiri vazifalarida mehnat qilgan. 

Shuningdek, “OZBEKOZIQOVQATZAXIRA” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasining Surxondaryo viloyat “OZIQOVQATTA'MINOT” hududiy filiali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash va saqlash bo‘limi boshlig‘i, bosh hisobchisi, Termiz shahar hokimligi iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi ijrochi direktori, Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarma boshlig‘i kotibiyati mudiri bo‘lib ishlagan.

To‘rayev yangi vazifaga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing