Surxondaryo hokimligi mas’uli sobiq dasturchini kaltaklagani rostmi?

Jamiyat

image

Avvalroq Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy www.surxondaryo.uz saytiga hakerlar hujum uyushtirib, viloyat hokimi To‘ra Bobolovga murojaat qoldirib ketgani haqida xabar bergan edik. Keyinchalik,  Surxondaryo viloyati AKTda ishlab ketgan sobiq dasturchining hokimlik mulozimi tomonidan kaltaklangani, viloyat hududidan chiqib ketish sharti qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

“Hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari ko‘rilayotgan bir paytda ayrim internet nashrlarida viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKda ishlab ketgan xodimlardan birining hokimlik ishlar boshqaruvchisi tomonidan o‘z ish kabinetida o‘zaro kelishmovchilik sabab kaltaklangani, viloyat hududidan chiqib ketish sharti qo‘yilgani, shuningdek, xodim Prezident Virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingani haqida xabarlar tarqalmoqda”, deyiladi bayonotda.

Bayonotda Surxondaryo viloyati hokimligi xabarlarda keltirilayotgan mazkur holatlarni rad etib, aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo‘lishiga, ularda salbiy fikr va ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan ushbu mazmundagi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing