Surxonda haydovchi YHXB xodimini avtomobilida sudradi

Jamiyat

image

Surxondaryoda IIB YHXB xodimining qonuniy talabini bajarmay, uni avtomobilida sudragan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Kecha, 28 oktyabr kuni saot 15:00 larda 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.I. Surxondaryo  viloyati, Uzun tumani, Ulankul mahallasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB xodimi B.M.ning qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida uni 10 metr masofaga sudragan. Natijada YHXB xodimi tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘.I.ga nisbatan JK 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo YHXB

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing