Suriyaning Latakiya portida tanker portladi (video)

Olam

image

Suriyaning Latakiya porti yaqinidagi tankerda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 10 avgust kuni, Suriyaning Latakiya portidagi tankerlardan birida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda, ikki kishi jarohatlangan. 

Qayd etilishicha, kemadagi yong‘in ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan.

Latakiya dengiz porti bosh direktori Amjad Slaymonning so‘zlariga ko‘ra, tanker ta’mirlash uchun portga kelgan vaqtda uning ichidan yuk mavjud bo‘lmagan. Ikki ishchi uglerod oksididan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq, Germaniyaning Leverkuzen shahridagi Bayer kimyoviy zavodida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Portlashda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, undan keyin sodir bo‘lgan yong‘in natijasida esa 31 kishi jarohat olgan. Yana besh kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing