Suriyada zilzila qurbonlari soni 427 nafarga yetdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Suriyada 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida kamida 427 kishi vafot etib, yuzlab odamlar yaralandi. Bu haqda “TRT Haber” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Suriyaning Idlib, Halab, Hama, Latakiya, Tartus, Raqqa viloyatlari zilziladan katta talafot ko‘rgan hududlar sirasiga kiradi.

Kamida 190 nafar tinch aholi Suriya shimolidagi turli joylarda halok bo‘lgan, yuzlab tinch aholi yaralangan. Idlibda 100 nafar kishi, Halab va Afrin qishlog‘ida 70 kishi yaralanib, kamida 20 nafar tinch aholi hayotdan ko‘z yumgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, zilzila epimarkazi Turkiyada bo‘lsada, Suriyada qurbonlarning soni ko‘pligi sifatsiz qurilishlar bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning markaziy qismida sodir bo‘lgan 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 284 nafarga yetib,  jami 2 323 kishi jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing